Shopping Cart

Digital scientific resources forum

Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr etish faolligi VI Milliy ilmiy-ta’limiy forum / 29.03.2022 Toshkent

TASHKILOTCHILAR  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “E-LINE PRESS” MCHJ.

O‘TKAZISH SANASI –2022-yil 29-mart

O‘TKAZISH JOYI – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (9:00-13:00), O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (15:00-18:00)

 O‘TKAZISH SHAKLI – onlayn, oflayn (ro‘yxatdan o‘tish havolasi telegram kanaliga https://t.me/elineuz joylashtirilgan)

TADBIRDAN KOʻZLANGAN MAQSAD – forum ishtirokchilarini elektron resurslarni yaratish texnologiyalari va jahon ilmiy ta’lim ma’lumotlarning manbalari bilan tanishtirish orqali O‘zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyat, ilmiy tadqiqotlarning sifati va noshir faolligini oshirish.

MAQSADLI GURUH – vazirlik va boshqarmalar, oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy markazlari rahbarlari, axborot-resurs muassasalarining yetakchi mutaxassislari va direktorlari, o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, nashriyotlarning bosh muharrirlari va direktorlari.

MUHOKAMA UCHUN MAVZULAR

  • Innovatsion faoliyat uchun elektron ilmiy ta’lim resurslar;
  • Yetakchi jahon nashriyotlarini dolzarb elektron ilmiy ta’lim resurslarining manbalari va ulardan O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, hamda ilmiy markazlarida foydalanish;
  • Ilmiy nashrlar va dissertatsiyalarning sifati va samaradorligini oshirish;
  • Ilmiy ta’lim muassasalar uchun 2022-2023 yillarda yetakchi nashriyotlar va agregatorlarning resurslariga milliy obunani tashkil etish haqida;
  • RFID texnologiyalari va axborot-resurs muassasalarini kompleks avtomatlashtirish;
  • Ilmmetriya. Ilmmetrik ko’rsatkichlar va ularni O’zbekistonda rivojlanishi;
  • COVID-19 pandemiyasi sharoitida ilmiy ta’lim ma’lumotlar bazalaridan foydalanish.

FORUMNING SAMARADORLIGI

Vazirliklar, boshqarmalar, oliy ta’lim muassasalariva ilmiy markazlarning rahbarlari oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarda innovatsion va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida aks etgan talablar va xalqaro standartlarga muvofiq OTM va ilmiy markazlarning reytingini oshirish haqida ma’lumot oladilar.

O‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar yetakchi jahon nashriyotlari va agregatorlarning elektron ilmiy ta’lim resurslaridan foydalanish va yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish imkoniyatlari, shuningdek dissertatsiya ishlarini yuqori darajada tayyorlash bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ladilar.

Axborot kutubxona muassasalari (AKM) va nashriyotlarning xodimlari elektron resurslarning xilma-xilligi va ularning boshqaruvi, ilmmetrik koʻrsatkichar va ulardan foydalanishda AKMning roli, foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va o‘qitishni tashkil etish, ilmiy ta’lim muassasalarda axborot-kutubxona xizmatining yangi vositalari va usullarini rivojlantirish, shuningdek  ilmiy ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi texnologik yechimlar to‘g‘risida bilib oladilar.

Forum dasturi (.pdf 402 Kb)

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov