Shopping Cart

Davlat rahbarlari yangi kutubxona bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Anqaradagi xalq kutubxonasining ilk faxriy mehmonlari bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 20 fevral kuni rafiqalari hamrohligida Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti va uning rafiqasi shu kuni ochilgan muhtasham kutubxonaning birinchi faxriy mehmonlari bo‘ldi.

Noyob kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi, Erdo‘g‘an o‘zbekistonlik hamkasbiga shunday nodir asarlardan birini sovg‘a qildi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov