Shopping Cart

Central Asia – 2024

Jizzah va Samarqand shaharlarida “Central Asia – 2024: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot – kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

“Central Asia – 2024: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII xalqaro konferensiya 16-18-may kunlari Jizzaxda, hamda 14-15-may kunlari Samarqandda “Xalqaro hamdo’stlik Forumi: hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusida III Forumi o’z ishini boshlaydi. 

Axborot-kutubxona faoliyati sohasida 1997-yildan o’tkazib kelinayotgan ushbu anjumanda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan 400 ga yaqin kutubxonachilar ishtirok etadi.

Xalqaro konferensiyada: AQSh, Belorussiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Turkiya, Tojikistonlik va boshqa davlatlardan soha mutaxassislari, yirik nashriyot va axborot kompaniyalari vakillari ishtiroki rejalashtirilgan.

Xalqaro Konferensiya ishchi tili: o’zbek, rus va ingliz tillari

Ushbu konferensiyada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti axborot-resurs markazining quyidagi hodimlari ishtirok etishmoqda:

Kayumova Nasiba Akbarovna
Xodjaxmedova Nigora Abduhakimovna
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov