Shopping Cart

Central Asia – 2023

2023-yil 24–26-may kunlari “Central Asia–2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi Buxoro shahrida o‘tkaziladi.

Xalqaro konferensiyada doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorligi bo‘yicha “Kitob va mutolaa – jamiyat taraqqiyotining strategik resursi” mavzusidagi II Forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, anjumanning yalpi majlisi, shoʻba yig‘ilishlari, seminar-treninglar,  mahorat darslari hamda Buxoro boʻylab madaniy turlar oʻtkazilishi belgilangan.

Xalqaro konferensiyada 330 dan ortiq mahalliy hamda 50 ga yaqin xorijiy ishtirokchilar qatnashishi rejalashtirilgan. 

Konferensiya onlayn va oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro Konfrensiya ishchi tili: oʻzbek, rus va ingliz tillari.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov