Shopping Cart

Central Asia – 2023

Buxoroda “Central Asia – 2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot – kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Buxoro shahrida “Central Asia – 2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot – kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tayapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Buxoro viloyat hokimligi hamda bir qator vazirlik va muassasalar hamkorligida tashkil etilgan bu nufuzli anjumanda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Belarus, AQSH, Rossiya Federasiyasi, Turkiya kabi qator davlatlarning vakillari, respublikamizdan esa 400 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. Unda shuningdek, bir guruh xorijiy mutaxassis, soha ekspertlari onlayn tarzda qatnashishayapti.

Ushbu tadbirda Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazidan, markaz direktori N.A.Kayumova ishtirok etmoqda.
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov