“Central Asia – 2020”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIV Xalqaro konferensiya
“Central Asia – 2020”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIV Xalqaro konferensiya doirasida O’zbekiston Milliy kutubxonasining 150 yilligi nishonlanadi.
Konferensiyaning maqsadi:
- axborot texnologiyalari asrida ta’lim berishning ilg‘or usullari va vositalari orqali yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish;
- elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish;
- axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sharoitlarida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga ko‘mak berish;
- axborot-kutubxona (avvalo, elektron) resurslardan birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar/konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
- kutubxonachilik va ta’lim muassasalarining Internet, elektron ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta’minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirish.
Kontingent: axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari.
Konferensiyaning asosiy tashkilotchilari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi;
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Axborot ko‘magi: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, www.natlib.uz veb-sayti, “INFOLIB” axborot-kutubxona xabarnomasi
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari