Shopping Cart

Buyuk adib ayoli

Joriy yilning 14 aprel kuni Abdulla Qahhor uy-muzeyida Kibriyo Qahhorova tavalludning 109-yilligi munosabati bilan “Buyuk adib ayoli” mavzusida ilmiy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 14 aprel kuni Madaniy meros agentligi tassarrufidagi Abdulla Qahhor uy-muzeyida adibning turmush o‘rtog‘i, yozuvchi ijodining tolmas targ‘ibotchisi Kibriyo Qahhorova tavalludning 109-yilligi munosabati bilan “Buyuk adib ayoli” mavzusida ilmiy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent moliya instituti Axborot resurs markazi hodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, f.f.n., dotsent Sayyora Xolmirzayeva hamda universitet professor-o‘qituvchi hamda talabalari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekov, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilganlar xuzurida qahhorshunos – Nuriddin Ochilov “Kibriyo Qaxxorova buyuk tarjimon va adabiyotshunos olima” mavzusida maruza qildi. So‘zga chiqqanlar Kibriyo Qahhorovani mohir tarjimon, manbashunos olima, klassik merosimizning zukko bilimdoni hamda mashhur yozuvchimiz Abdulla Qahhor ijodining tolmas targ‘ibotchisi sifatida u kishining «Chorak asr hamnafas» nomli kitobi ustoz xotirasiga qo‘yilgan munosib yodgorlikka aylanganligi shuningdek, arab, fors, rus tillarini mukammal bilganliklari va bu tillarda yaratilgan adabiyot durdonalaridan bahramand bo‘libgina qolmay, o‘zbek adabiyotini qardosh Tojikistonda targ‘ib qilishda ham fidoyilik ko‘rsatganliklarini mamnuniyat bilan e’tirof etdilar.

Tadbirdan so‘ng  mehmonlar muzey ekspozitsiya bilan tanishdilar. «Buyuk adib ayoli» mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov