Shopping Cart

Axborot-resurs markazida ilmiy izlanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar

ARM direktori N.Kayumova rahbarligida “Axborot-resurs markazida ilmiy izlanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida seminar trening o’tkazildi.

Seminar trening o’tkazishdan asosiy maqsad, 1-2 kurs doktorantlari va tayanch doktorantlarini axborot-resurs markazida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish, Axborot-resurs markazi rasmiy sayti imkoniyatlari (Elektron kutubxona, Elektron katalog), Oliy ta’lim muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimi (unilibrary.uz), ilmiy bazalar (search.ebscohost.com, jstor.org, sciencedirect.com)dan foydalanish bilan bog’liq ma’lumotlar berildi.
Seminarda tinglovchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollari, ilmiy ishlar yozishda yuzaga kelayotgan noqulayliklar haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdilar. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli takliflar berildi va hulosalar chiqarildi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov