Shopping Cart

Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi

Mamlakatimizda 9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlash an’anaga aylangan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 581 yilligi keng nishonlanadi.

Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o‘z mazmun va sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.

Shu munosabat bilan Axborot-resurs markazi hodimlari va talabalar Hazrat Navoiyning bazi g’azallarini yodga olishdi

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov