Shopping Cart

TDIU ARM rahbari tasdiqlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Axborot-resurs markazi direktori rasman tasdiqlandi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Axborot-resurs markazining yangi direktori etib Kayumova Nasiba Akbarovna tasdiqlandi.

Kayumova Nasiba Akbarovna 1982 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent Davlat madaniyat institutini “Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari” yo‘nalishini tamomlagan. 2021 yildan buyon Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi direktori lavozimida ishlab kelgan. Kayumova Nasiba Akbarovna «Axborot-kutubxona a’lochisi», «Ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun», «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun» ko‘krak nishonlari sohibasidir.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov