Shopping Cart

Nasiba Kayumova — Axborot-kutubxona a’lochisi!

TDIU ARM rahbari “Axborot-kutubxona a‘lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Axborot-resurs markazi vakillari 15-17-may kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan “Central Asia 2024 – Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

Axborot-kutubxona faoliyati sohasida 1997-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu anjumanda, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 400 ga yaqin kutubxonachilar hamda AQSh, Belarusiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Tojikiston va boshqa davlatlardan soha mutaxassislari, yirik nashriyot va axborot kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

TDUI ARM direktori Nasiba Kayumova “Samarali kutubxona xizmati uchun ilg‘or axborot texnologiyalari” mahorat darslari doirasida “Axborot-resurs markazining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi taqdimoti bilan qatnashdi. 

Xalqaro konferensiya doirasida N. Kayumova “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov