Shopping Cart

Kitobxonlar uchun noodatiy sovg’alar

Kutubxona va kitob ihlosmandlari uchun 10 hil noodatiy sovg’a

Kitob – eng yaxshi sovg’a! Lekin kitob javonida deyarli barcha kitoblari bo’lgan ashaddiy kitobxonga nima sovg’a qilish mumkin? Agar u barcha kitoblarni mutolaa qilib bo’lgan bo’lsachi? Xo’sh, biz kitobga o’ta qiziquvchi inson uchun sovg’a ahtarmoqchimiz deb tasavvur qilaylik, quyidagi buyumlar kutubxona va kitob ihlosmandlariga ajoyib sovg’a bo’la oladi deb o’ylaymiz.

Eski kitoblar ifori keluvchi aromatik sham
Yostiqlar uchun kutubxona formulyari shaklidagi jild
Kitob sahifalarini keng ochilgan holda tutib turish uchun moslama
Sevimli kitobingiz ko’rinishidagi sumka
Kitob javoni tasviri tushirilgan taqinchoq
Kitob sahifalari shakli tushirilgan tugmalar
Mutolaaga muhabbat mavzusidagi fenjon
Kitob muqovasi iforli atir
“Haqiqiy kitoblar boqiydur” deb yozilgan xatcho’p
Kitob shaklidagi tunchiroq
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov