Shopping Cart

8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

Barcha Aziz ayollarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlaymiz. ARM jamoasi

Porlab turar yuzlari
 Surar shirin hayollar
 Bayramingiz muborak
 Bugun aziz ayollar

 Mehr degan bir ajib
 His tuyg'uning bulog'i
 Sizlar borki o'chmaydi
 Xonadonlar chirog'i

 Dardingiz ichga yutib
 Doyim kulib turasiz
 Mehri daryo chiroyli
 Farishtalar bo'lasiz

 Mayda o'rilgan sochlari
 Go'zal shirin so'zlari
 Barchangizni qutlayman
 O'zbegimning qizlari

 Go'zallikning timsoli
 Osmonda oy misoli
 Oshiq etar o'ziga
 Guldan go'zal visoli

 Sho'xligimiz ko'targan
 Azizim jonajonlar
 Bahtimizga sog' bo'ling
 Mehribon onajonlar

 Qo'llarimda gul dasta
 Ketyapman qoshingizga
 Shukr deyman hudoga
 Yonimda boringizga 

Muallif: Abdulla Murodulla

2021-2023 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov