Shopping Cart

8 – Dekabr O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi jamoasi barchani – 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni bilan qutlaydi!

Qomusim

Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,

Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.

Fidodirman toki tanda qonim bor,

Men elimning Qomusini kuylayman!

Imonli elimning baxtli farzandi,

Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.

Farovon zamonam porloq dilbandi,

Baxtliman  buyuk  Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

Mustaqil diyorimni himoya etgan,

Dono hur fikrlari jahonga yetgan.

El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan

G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon

Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon.

Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon,

Baxtliman  buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,

Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim.

Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,

Baxtliman  buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov