Toshkent moliya instituti 1991 yil 13 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli farmoniga koʻra Toshkent xalq xoʻjaligi institutining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etiladi. Bilamizki har qanday ta’lim muassasasini kutubxonasiz tasavvur e’tib bo‘lmaydi, shu sabab institut tashkil etilishining dastlabki kunlaridan boshlab institut kutubxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosiy vazifa etib belgilangan. Qisqa vaqt ichida institut kutubxonasi shakillantirilib, u talabalarning ilmga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish yo‘lida o‘z xizmatlarini ko‘rsata boshlagan.
Kutubxona faoliyati tarixidan rasmlar