10000, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi 60A-uy (71) 235 77 95 barm@tfi.uz

Tashkent book fest – 2019

2 oktabr kuni "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasida Tashkent Book Fest xalqaro kitob ko‘rgazmasi start oldi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan mazkur tadbir 2-4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.

20191002 110552

(0 Votes)

ARM

Contact Info

Address:
55 West, 33rd Street 5th Floor, New York City, 11001.

Phone:
(888) 888-1234

Email:
support@example.com