Xabarlar

Milliarderlar tavsiya etadi

Eng badavlat shaxslarga ta'sir eta olgan 9 kitob:

 
Dunyoning eng badavlat insonlari bunday muvaffaqiyatlarga erishishlarida nafaqat ilmiy ma’lumot, iste’dod va bir chimdim omad, balkim kitoblar ham sababchidir deb bir necha bor takidlashgan. Ilon Mask, Bill Geyts, Maykl Blumberg kabi mashhur biznes olamining vakillari: - Adabiyotlar - foydali bilim va professional tarbiya manbayidir deb atashgan.
Quyida Siz uchun jahonning bazi taniqli milliarderlariga tasirli bo‘lgan 9 nomdagi kitobni sizga havola qilamiz.

Djeff Bezos: Umrboqiyga qurilgan (Built to Last), Djim Kollinz

Kitobda AQSh korporatsiyalarining muvoffaqiyatlari sabablari atroflicha o‘rganiladi. Biror-bir kompaniya o‘zga raqobatchi kompaniyalardan muvoffaqiyatliroqligi sababini tushunib olish uchun bir savolga javob berish lozim bo‘ladi, yani “Ma’lum bir kompaniyaning o‘zga kompaniyalardan ajralib turuvchi ijobiy hislati qanday?” Kitobda xozirgi kunda gullab yashnayotgan kompaniyalarning ish uslubi va amaliy kontseptsiyalaridan misollar keltiriladi.

Maykl Blumberg: Odatlanish kuchi. Nega biz aynan shu tarzda ishlaymiz? Boshqa yo‘sinda emas! (The Power of Habit: Why We Do What We Do in Life and Business), Charlz Daxigg

Endi siz - Qanday qilib o‘z eski odatlaringizni o‘zgartirishni, kamroq ovqat ist’emol qilishni, sport zaliga borishga odatlanishni, chekmaslikni, yaqinlaringizdan hadeb ranjimaslikni, samarali ishlash yo‘llarini bilib olasiz. Albatda bu tez va oson bo‘lmaydi. Lekin uddalasa bo‘ladigan ish. Charlz Daxigg toshdek qotuvchi odatning shakillanishini ko‘rsatib beradi. Nima sababdan Siz boshqacha emas aynan “Siz odatlanganday” yo‘l tutishingizga majbur bo‘lishingiz sabablarini va “Ihtiyorga ega bo‘lish” ne ekanligini ochiqlab beradi.

Ilon Mask: Oy - besharoit beka (The Moon Is a Harsh Mistress) Robert Haylayn

Yaqin, yaqingacha jinoyatchi va disidentlar uchun qamoqxona vazifasini bajarib kelgan Oy, bugungi kunda xom-ashyo koniga aylantirilgan. Oydagi yashash sharoitining og‘irligi, oy ahlining isyon ko‘tarishiga sababchi bo‘ladi. Ayni damda his-tuyg‘u va nozik hazil-mutoyiba hislatlariga ega superkomyuter isyonchilar tarafini olib chiqadi...

Larri Ellison: Napaleon (Napoleon), Vinsent Kronin

Ha, bu gal sizu-bizning ko‘z ongimizda Napaleon qudratli xarbiy qomondon emas, balki oldingidan farqli ravishda g‘arb siyosatini o‘zgartirgan, Ovropa asilzodalarini qudratini cheklagan, gettolar va inkvizitsiyaga nuqta qo‘ygan, fuqarolik kodeksiga asos solgan va hattoki Rossiyada krepostnoylik huquqini bekor qilmoqchi bo‘lgan siyosatchi, davlat arbobi sifatida gavdalanadi.

Mark Tsukerberg: Cheksizlikning boshlanishi (Beginning of infinity) Devid Doych

Ushbu kitob “Inson taraqqiyotining chek, chegarasi bormi?” degan mavhum savolga javob topishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandur. Ushbu savolga javob esa kitobning nomida mujassamlashadi. - Biz cheksiz bir yo‘lning o‘zanida turibmiz va u yo‘ldagi safarimizda bizni o‘z ongimiz, tahminlarni ilgari surgan hamda ularga tanqidiy yondoshgan holda boshlab boradi. Biz ma’rifat yo‘lida ekanmiz, bu yo‘ldan turli hil xato falsafiy g‘oyalar oqibatida og‘ib ketishimiz mumkin…

Uorren Baffett: Stres-test (Stress-test), Timoti Gaytner

Ushbu kitobdan kichik bir siyosatchilar guruhining insayderlik hikoyasi o‘rin olgan. Ular rejalar noaniq bir sharoitida, 2 chi iqtisodiy depressiya sodir bo‘lishini oldini oladilar. Ushbu kitobdan jahon mamlakatlarining hukumatlari, o‘z mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan moliyaviy bo‘xronlar oqibatlarini bartaraf etishda hamda kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan moliyaviy bo‘xronlardan saqlanish uchun uslubiy qo‘llanma sifatida ham foydalanishlari mumkin.

Karlos Slim: Beayib yolg‘on iqtisodiyoti (The Economics of Innocent Fraud), Djon Kennet Gelbrey

Ushbu kitob atoqli amerika iqtisodchisi, davlat arbobi, AQShning 35-Prezidenti Jon Kennedining maslahatchisi bo‘lib xizmat qilgan Djon Kennet Gelbreyt qalamiga mansubdur. U “Istemolchilar jamiyati”ni jamoat manfaatlariga zid ravishda, mahsulotlar ishlab chiqarishda ayblagan. U iqtisodiy rivojlanishning monetaristik nazariyasi tarafdorlarining keskin muholifatchisi sanaladi.

Richard Brenson: Koinot (Cosmos), Karl Sagan

Mashhur Aqsh astrofizigi, ilm-fan targ‘ibotchisi K.Sagan qalamiga mansub ushbu kitobda, olam evolutsiyasi, gallaktikalarning shakillanishi, hayot va ongning vujudga kelishi haqida so‘z boradi. Muallif koinot haqida eng birinchilardan bo‘lib bu haqda so‘z yuritgan qadim mutafakkirlardan boshlab, Kepler, Nyuton, Enshteynlarning buyuk kashfiyotlari va zamonaviy kosmik tadqiqotlar haqida to‘xtaladi.

Bill Geyts: Hayot bu - aynan siz bajarayotgan ishdir, (Life Is What You Make It) Piter Baffet

Muallif oilasining “Bu hayotda har kim o‘z yo‘liga ega bo‘lmog‘i darkor” degan falsafiy shioriga minnatdor holda o‘z hayotiy yo‘lini tasvirlab bergan. Bu kitob Sizga “Qarshilik eng kam yo‘lni tanlaysizmi yoki huzurlanishning imkon boricha oshirish yo‘linimi?” degan savolga javob topishingizga sababchi bo‘ladi.
 

Ko'p o'qilgan kitoblar:

Valeologiya asoslari

Valeologiya asoslari

Muallif: Ro'ziyev Q.

17/06/2017

Umumiy psixologiya

Umumiy psixologiya

Muallif: Ivanov P. I., Zufarova M. E.

13/11/2017

"Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan m...

"Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan m...

Muallif: Abdullayev A., Ayupov R. H., Kenjaboyev O. T., Ro'ziyev A. O., Sultonov P. S.

15/11/2017

Dinshunoslik

Dinshunoslik

Muallif: Abduxoliqov J., Yuldosheva S.

13/06/2017

O'zbekiston tarixi

O'zbekiston tarixi

Muallif: Burxonova S., Sodiqov M., Usmonov Q.

02/11/2017

Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar

Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar

Muallif: Parpiyeva N., Raximov S.

16/06/2017

"Umumiy psixologiya" fanidan ma'ruzlar matni

Muallif: Xolyigitova N.

16/11/2017

© 2018 Barcha huquqlar himoyalangan. Axborot-resurs markazi. Vebmaster: Rabbinov J.

TMI e-kutubxonasi