Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalar O’zbekiston tijorat banklarining xorijiy banklar kredit liniyalaridan foydalanish jarayonini takomillashtirish tadbirlari ishlab chiqilishida qo’llanilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishi materiallaridan oliy o’quv yurtlarida “Bank ishi”, “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”, “Xorijiy investitsiyalar” fanlari o’quv dasturlarini o’qitishda foydalanish mumkin.