Mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda tavsiya etilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishda foydalanishi mumkin. Dissertasiya materiallaridan oliy oʻquv yurtlarida “Pul, kredit va banklar”, “Monetar siyosat”, “Bank ishi” fanlari oʻquv darsturlarini takomillashtirish va oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin.