Ushbu darslikda monetar siyosatning nazariy va amaliy masalalari, xususan, monetar siyosatning strategik va taktik maqsadlari, monetar instrumentlardan foydalanish, monetar indikatorlar va ularni hisoblash metodikalari, pullarga bo‘lgan talabni baholash va pullar taklifini tartibga solish, monetar siyosatning makroiqtisodiy o‘sish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli kabi masalalarning mohiyati ochib berilgan.
Mazkur darslik oliy ta’limning bakalvriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida “Bank ishi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, undan oliy ta’limdan keyingi ta’limning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsion tadqiqotlar olib borayotganlar ham foydalanishlari mumkin.