Ushbu o‘quv-qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘riqnomalarida belgilangan davlat ta’lim standartlari talablariga javob beruvchi “Jismoniy tarbiya va sport” fani bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Umuman olganda mazkur fan bo‘yicha tayyorlangan o‘quv qo’llanma jismoniy tarbiya va sport tizimida asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quv qo‘llanma barcha oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun faydalanishga mo‘ljallangan.