Darslikning birinchi qismida iqtisodiy xavfsizlik sohasida-kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning qo‘llanilish doirasi, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy ishlab chiqarish hajmi va dinamikasi, iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligi, iqtisodiyotning ochiqligi, intellektual salohiyatning holati, innovatsion darajasi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish darajasi bilan bog‘liq jarayonlar tizimli tartibda yoritilgan.