10000, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi 60A-uy (71) 235 77 95 barm@tfi.uz

2019 yilning eng asosiy kitoblari

Dunyoning eng badavlat insonlaridan biri bo‘lmish Bill Geyts 2019 yilning eng asosiy kitoblari haqida aytib o‘tdi.

Microsoft shirkati asoschisi hamda dunyoning eng badavlat kishilaridan biri hisoblanuvchi Bill Geyts 2019 yilning eng yaxshi kitoblarini sanab o’tdi. Bu haqda forbs jurnali ma’lum qildi.

Geyts shahsan o‘zi mutaola qilgan adabiyotlar haqida so‘zlar ekan Tayari Djonsning “Amerikacha nikoh” (Tayari Jones, An American Marriage) romani haqida shunday dedi:

- Bu hikoyani o‘qish og‘ir, shunga qaramay u e’tiboringizni qamrab olishi aniq, deb ta’kidlaydi Geyts

Shuningdek uning ro‘yxatidan AQSh tarixi haqidagi muallif Djill Leporning “Bu haqiqatlar” (Jill Lepore, These thrues);

Sayyoramiz kelajagi haqidagi muallif Vatslav Smilning “O‘sish” (Vaclav Smil, Growth) hamda farzandlari kelajagi haqida qayg‘urgan ota-onalar haqida fikr yuritgan Diana Tavennerning “Tayyorlangan” (Diane Tavenner, Prepared: What Kids Need for a Fulfilled Life)

Geyts muallif Metyu Uolkerning “Nega biz uhlaymiz” (Matthew Walker. Why We Sleep: The New Science of Sleep and Dreams) kitobi haqida alohida ta’kidlab:

- Avvallari uyquga ko‘p ham e’tibor bermas edim, uyquni dangasalik alomatlaridan biri deb hisoblardim, aynan shu kitob ba’zi odatlarimni o‘zgartirishimga turtki bo‘ldi, deb takidlaydi Geyts.

(1 Vote)

manager

Contact Info

Address:
55 West, 33rd Street 5th Floor, New York City, 11001.

Phone:
(888) 888-1234

Email:
support@example.com