Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasidan foydalanish tartibi

Elektron kutubxonadan foydalanish tartibi haqida to'liq ma’lumotni ko'rish:

Mundarija

1. Elektron kutubxona haqida qisqacha ma’lumot.
2. Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasiga kirish qanday amalga oshiriladi?
3. Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasi bosh sahifasi.
4. Shaxsiy kabinet.
5. Kitoblarni qidirish.
6. Ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi faoliyat.
7. Mobil qurilmalar uchun elektron kutubxona.
8. Kutubxonachiga onlayn murojaat.
9. Mobil ilovadan foydalanish ko‘rsatmasi.

Elektron kutubxona haqida qisqacha ma’lumot

Ushbu elektron kutubxona loyihasi K.Navro‘zova ilmiy rahbarligi ostida Toshkent moliya instituti magistri J.Rabbinov taklifiga asosan, Axborot texnologiyalar markazi va Axborot-resurs markazi xodimlari (B.Egamnazarov, D.Valiyev) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Bu elektron kutubxonaning boshqa oliy o‘quv yurtlarining elektron kutubxonalaridan bir qator afzal tomonlari mavjud bo‘lib, undan foydalanish jarayonida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin:
1. Kitoblarning nomi, muallifi, yili, joyi, turi va h.k. bo‘yicha izlab topish, tanlab qidirish (lotin, kirill alifbosida).
2. Kitob muallifining qisqacha hayoti va ijodi bilan tanishish (ma’lumotlar qo‘shilgan bo‘lsa).
3. O‘zingizga yoqqan kitobga ovoz berish.
4. Kitoblarni (mundarijasini, elektron nusxasini va h.k.) pdf formatida yuklab olish (agar ushbu fayl qo‘shilgan bo‘lsa);
5. Mobil vositalari (Android, iOS platformalari) ko‘rinishiga moslashuvchan, tez ishlovchi, vaqtni va internet traffikni tejaydi.
6. Kutubxonaga kelgan yangi kitoblardan xabardor bo‘lish.
7. Kutubxonaning e’lon va yangiliklari bilan tanishib borish (shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram, Facebook va h.k.) mumkin.
8. “E-kutubxona” mobil ilovasini Google Play bozoridan yuklab olish.
9. Kutubxonachiga onlayn yoki offlayn rejimida murojaat qilish hamda kitobga buyurtma berish.
10. Kutubxonada mavjud kitoblarning muqovasidagi rasmlarini ko‘rish, ularning tavsifi bilan tanishib chiqish.
11. Elektron kutubxonadan o‘zbek va rus tillarida foydalana olish.


Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasiga kirish qanday amalga oshiriladi?

Toshkent moliya institutining yangi elektron kutubxonasiga kirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

• Toshkent moliya institutining rasmiy veb sahifasi orqali;

http://el.tfi.uz havolasi orqali.

(Elektron kutubxonaga nafaqat institut hududidagi kompyuterlardan, balki internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar, mobil qurilmalar orqali istalgan joydan kirish mumkin)


Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasi bosh sahifasi

1



 

 

1-rasm. Elektron kutubxona bosh sahifasining ko‘rinishi

Barcha veb sahifalarda bo‘lgani kabi ushbu elektron kutubxona sahifasining ham o‘z bandlari va bo‘limlari mavjud.
Ular quyidagilardan iborat:

• “XABARLAR” (Bu bandda institutning axborot-resurs markaziga taalluqli yangiliklar hamda ARM fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqida axborot berib boriladi).
• “KUTUBXONA” bandi o‘z ichiga uch bo‘limni oladi.
- “Kitoblar” bo'limi elektron kutubxonadagi mavjud resurslarning umumiy ro‘yxatini ko‘rsatadi (2-rasm).

2




2-rasm. “Kitoblar” bo'limi

• “Mualliflar” bo'limi elektron kutubxonadagi resurslarning mualliflarini umumiy ro‘yxat ko‘rinishida ko‘rsatadi. Ushbu bo‘limda kitob mualliflarini izlab topishingiz, muallifning qisqacha hayoti va ijodi bilan tanishib chiqishingiz (agar ma’lumotlar qo‘shilgan bo‘lsa) va ushbu muallif qo‘l ostida yoki hammuallifligi ostida chop etilgan kitoblar aks ettiriladi (3-rasm).

3




4

 

 

 

 

3-rasm. “Mualliflar” bo'limi

• “Kitob turlari” bo'limi elektron kutubxonadagi resurslarni turlarga ajratgan holda namoyish qiladi va har bir adabiyot turi bo‘yicha ulardagi adabiyotlar sonini aks ettiradi. “Fayliga ega” tegiga ega bo‘lgan kitoblarning elektron nusxasini .pdf formatida yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi (4-rasm).

5




4-rasm. “Kitob turlari” rukni


Shaxsiy kabinet

Har bir talaba o‘z xohishiga ko‘ra shaxsiy kabinet ochishi va bu orqali o‘ziga ma’qul bo‘lgan kitoblarga buyurtma berishi mumkin bo‘ladi. Ushbu vazifani mobil ilova orqali amalga oshirishning “besh qadam”dan iborat bo‘lgan tartibi 1-ilovada keltiriladi.


Kitoblarni izlash

Elektron kutubxonada kitoblarni qidirib topish «Izlash» universal formasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu formaga nafaqat kitobning nomini, yilini, balki mazkur kitob muallifining familiyasini kiritgan holda ham qidiruvni amalga oshirsa bo‘ladi. Bunda kitob qaysi kutubxonada (“Yotoqxona kutubxonasida”, “Xorijiy kutubxonada” va h.k.) ekanligi aks etadi. Lotin va kirill yozuvlarida nomi kiritilgan kitoblarni ixtiyoriy bitta yozuvda qidiruvga bergan holda amalga oshirsa ham bo‘ladi. Misol uchun: “Boymatova U.” muallifligida yozilgan “Ish yuritish asoslari” kitobini “Boymatova U.” yoki “Ish yuritish asoslari” deb ham izlab topsa bo‘ladi. Kirill yozuvidagi kitoblarga esa aksincha lotin yozuvida terib qidirilsa ham bo‘ladi. Bunda qidiruv natijalari onlayn tarzda, ya’ni harflarni terayotgan paytingizdayoq aks etib boradi (5-rasm).

6




5-rasm. Kitoblarni izlash


“Tanlab izlash” funksiyasi orqali kitob muallifi, kitobni ko‘shgan moderator, kitob turi, kitob yozilgan alifbo turi, kitobning chop etilgan yili, kitob joylashgan kutubxona nomi bo‘yicha tanlab, kerakli kitobni topish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi faoliyat

7




Bugungi kunda internetni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi va ularning axborot almashinuv jarayonidagi ishtiroki tobora ortib bormoqda, ko‘plab odamlar turli ijtimoiy tarmoqlar va mesenjerlardan faol foydalanib, yangiliklarni ham ulardan oladigan, axtaradigan bo‘lishgan. Bularning barini inobatga olgan holda, Axborot Resurs Markazi (ARM) yangiliklarini “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i hamda “Telegram” mesenjerlari orqali ulashib borishga ahd qildik. Bu kitobxonlarga qo‘shimcha qulaylik, qo‘shimcha axborot manbai bo‘ladi, degan umiddamiz. Ushbu sahifalarga elektron kutubxonaning yuqori qismidagi yorliqni chertish bilan ham o‘tish mumkin (6-rasm).

8

6-rasm. Ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi faoliyat

Mobil qurilmalar uchun elektron kutubxona

Android dasturiy ta’minoti asosida ishlovchi zamonaviy smartfon va planshet qurilmalari uchun elektron kutubxonaga kirish va undan foydalanishni yanada osonlashtirish maqsadida maxsus dasturiy ta’minot yaratilgan bo‘lib, kitobxonlar uni Google Play bozoridan bepul tarzda ko‘chirib olib, o‘z qurilmalari orqali foydalanishlari mumkin. Uning ishlash tartibi elektron kutubxonaning kompyuter shaklidan farq qilmaydi (7-rasm).

910








7-rasm. Mobil qurilmalar uchun elektron kutubxona

Kutubxonachiga onlayn murojaat

Elektron kutubxona sahifasining ostki qismida maxsus forma joylashtirilgan bo‘lib uning yordamida kitobxon onlayn tarzda kutubxonachiga xabar yo‘llashi, kutubxonachidan o‘zi qiziqtirgan kitob haqida ma’lumot olishi va boshqa amallarni (taklif, fikr-mulohazalarni) to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi foydalanayotgan kompyuter va mobil vositasi orqali bajarishi imkoniyatiga ham egadir.

Hozirgi kunda ushbu yangi elektron kutubxonaning resurs bazasi kengaytirilmoqda. Institutning “Yoshlar ittifoqi” Kengashi va unga a’zo bo‘lgan, ushbu elektron kutubxonani rivojlantirishga, resurs bazasini yanada kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shish xohishini bildirgan faol talaba-yoshlar orasidan moderatorlar guruhi tashkil etilishi mumkin.

Mobil ilovadan foydalanish ko‘rsatmasi “Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasidan foydalanish tartibi”ga 1-ilova

11

© 2017 Barcha huquqlar himoyalangan. Axborot texnologiyalari markazi. Vebmaster: Rabbinov J.

TMI e-kutubxonasi