Shopping Cart

Tashkent book fest – 2020

2020-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tashkent Book Fest-2020 II Xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi boshlandi.

2020-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tashkent Book Fest-2020 II Xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasining rasmiy ochilish marosimi bo‘ladi. Shuningdek, kutubxonada kitob-ko‘rgazma yarmarkasi dasturidan o‘rin olgan tadbirlar 16-17-18 dekabr kunlari onlayn va offlayn tarzida davom etadi. Ushbu yarmarkada xorijiy hamda mahalliy nashriyotlarning yangi nashrdan chiqqan hamda nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

2021-yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: Rabbinov. J.R.